Xaggey payg’ambar Xudoning xalqini ustuvorliklarini qayta ko’rib chiqishga, jasoratga ega bo’lishga va Xudoning va’dalari asosida harakat qilishga undaydi.
Languages: Uzbek
Malaki payg’ambar Qadimgi Ahdning oxirgi payg’ambari edi. U Rabbiydan yuz o’girgan ruhoniylarga murojaat qilib, Xudoga munosib qurbonliklar keltirish, nikoh, oila, ushr va gunohdan voz kechish haqida gapiradi. U Xudoning O’z xalqiga bo’lgan sevgisini yana bir bor odamlarga eslatadi va 400 yildan keyin dunyoga kelishi kerak bo’lgan Yahyo cho’mdiruvchi haqida bashorat qiladi.
Ushbu video Qadimgi Ahdning oxirgi китоби va Iso Masihning birinchi kelishi oralig’idagi 400 yillik sokinlik davri haqida ma’lumot beradi.
Rimliklarga maktubi birinchi navbatda dogmatik asar bo’lib, uni solihlik mavzusiga tegishli to’rt qismga bo’lish mumkin. Videoning ushbu qismi maktubning birinchi ikki bo’limini o’z ichiga oladi – “solihlikning ahamiyati” (Rimliklarga 1:18-3:20) va “solihlikni qabul qilish” (Rimliklarga 3:21-8:39). Ushbu maktub Xudoning kim ekani va nima qilgani haqida gapirib beradi. U bizga Iso Masih haqida, Uning o’limi butun … Read More “Rimliklar 1-qism” »
Ushbu maktub bir ibroniy tomonidan bayon etilib, boshqa ibroniylarga yo’naltirilgan. Masih endi ularning oliy ruhoniysi ekanligini va ular endi yahudiy marosimlarga qaytishlari shart emasligini tushuntirish maqsadida yozilgan. Bu maktub quvg’in qilingan ibroniy imonlilar Iso Masihning inoyatida o’sishda davom etishlari uchun nasihatdir.
Efesdagi jamoatga yo’llangan ushbu maktub Masih kabi yetuklikda o’sish, Xudo bergan da’vatni bajarish, yetuk jamoatni ta’minlash va ruhiy jangni yaxshiroq tushunib yetishni o’rgatadi.
Iso Masihning o’gay ukasi Yahudo najotimiz haqida yozishni istagan edi, lekin u imon uchun kurash haqidagi masalalarni ko’taradi. Bu imon Masih tomonidan o’rgatilgan, keyinchalik havoriylarga yetkazilgan barcha masihiy ta’limotni o’z ichiga olgan. Yahudo bizni soxta ustozlardan ogohlantiradi va ruhiy jangda g’alaba qozonishimiz uchun maslahatlar beradi.
